Use and care guide

UZ
9
Foydalanish va Avaylab Ishlatish uchun ko'rsatmalar
USKUNANI ISHLATISH YO'LI
BIRINCHI BOR FOYDALANISH
Elektr ta'minotiga uskunani ulashdan oldin, ni o'rnatish
so'ng,kamida ikki soat kutib turing.
Uskunani elektr tarmog’iga ulagandan keyin u avtomatik
ravishda ishga tushadi. Oziq-ovqat uchun ideal saqlash harorati
zavodda oldindan o'rnatilgan.
Uskunani ulaganan so'ng, normal holda oziq-ovqat to'ldirilgan
uckuna ichida to'g'ri saqlash haroratiga erishish uchun, 4-6 soat
davomida kutish kerak. (Agar mavjud bo'lsa) ltrning qadoqlash
qoplamasida namoyish etilganidek, yelpig'ichda bakterialarga va
hidlarga qarshi ltrni joylashtiring.
SOVITGICH BO'LMASI VA OZIQOVQATNI SAQLASH
Muzlatgich bo'lmasi yangi oziq-ovqat va ichimliklarni saqlash
imkonini beradi. Muzlatgich bo'lmasi to'liq avtomatik ravishda
muzdan tushitiladi. Ichki orqa devorida vaqti-vaqti bilan suv
tomchilari mavjud bo'lganligi avtomatik muz erish bosqichi
belgisidir. Erigan suv avtomatik ravishda drenaj tuynuki orqali
oqib maxsus idishda to'planadi va shu yerda bug'ga aylanadi.
Eslatma: Atrof-muhit harorati, uskuna eshiklari ochilib yopilishi,
jihozning joylashtirilishi ikki bo'lmadagi ichki haroratiga ta'sir qilishi
mumkin. Bu omillarga qarab haroratni o'rnating.
Juda nam sharoitda, muzlatgich bo'lmasida, ayniqsa shisha javonlarda,
kondensat shakllanishi mumkin.
Bu holda, ichida suyuqlik bor idishlarni (masalan erigan suv idishi)
yopib, yuqori suv tarkibli mahsulotlarni (masalan, sabzavot) ustini o'rab,
va mavjud bo'lsa, yelpog'ichni yoqish tavsiya etiladi.
Barcha g'aladondar, eshik tokchalari va javonlarni olib tashlash mumkin.
HAVO ALMASHTIRISH
Sovitish bo'lmasidagi havo almashish biri biridan farq qiladigan
harorat zonalari paydo bo'lishiga olib keladi. Meva va sabzavot
uchun mo'ljallangan g'aladon usti va orqa devor yuzasidagi joy
eng sovuq hisoblanadi. Eng iliq joy bo'lmaning oldi va tepasida
bo'ladi.
Qoniqarsiz havo almashish, elektr energiyasini iste'mol qilishini
oshirib, muzlatgich harakatini sustlashtirishga olib keladi.
YANGI OZIQOVQAT VA ICHIMLIKLARNI SAQLASH
Katta miqdorda etilen gazini chiqaradigan (olma, o'rik, o'rik,
nok, shaftoli, avakado, anjir, smorodina, qovun, loviya) va ushbu
gazga sezgir bo'lgan oziq-ovqatlar, jumladan meva, sabzavot
va salatlar, har doim ajratilgan bo'lishi yoki, saqlash muddatini
kamaytirmaslik uchun, o'ralgan holatda bo’lishi kerak; misol
uchun, pomidorni kivi mevasi yoki karam bilan birga saqlamang.
Oziq ovqatlarni bir biriga juda yaqin saqlamang; ularga yetarli
havo aylanishi imkonini bering. Qayta ishlash uchun yaroqli
plastik, metal, alyuminiy va shisha konteynerlardan foydalaning
va oziq-ovqatlarni o’ramoq uchun ovqatga yaroqli plyonkani
ishlating.
Agar muzlatgichda saqlash uchun oziq-ovqatni miqdori kam
bo’lsa, biz sabzavot va mevalar tortmasi ustidagi tokchalardan
foydalanishni tavsiya etamiz, chunki bu bo’lmaning eng sovuq
maydoni hisoblanadi. Suyuqliklar va hid berishi mumkin yoki
oziq-ovqat hididan buzilib ta'mi o’zgarishi mumkin bo’lgan
mahsulotlarni yopiq konteynerlarda yoki usti yopilgan holatda
saqlang. Shishalar tushib ketishi oldini olish uchun, siz shisha
ajratgichidan foydalanishingiz mumkin (tanlangan modellarda
mavjud).
Tushuntirish
O'RTAMIYONA ZONA
Tropik mevalar, konservalar, ichimliklar, tuxum,
souslar, tuzlamalar, sariyog’, murabbolar
saqlash uchun tavsiya etiladi
SOVUQ ZONA
Pishloq, sut, sut mahsulotlari, tansiq ovqatlar,
yogurt saqlash uchun tavsiya etiladi
MEVA VA SABZAVOT TORTMASI