Инструкция по использованию(Windows 7)

tuzatish asboblari va fi ltr _15
03 TUZATISH ASBOBLARI VA FILTR
UB-cho'tkaning chang konteyneridan changni olib tashlash (SC21F50U
seriyasi)
Chang konteyneri to'lganini ko'rib qolsangiz, chang konteynerini bo'shatish uchun [Dust Removal]
([Changni olib tashlash]) tugmasidan foydalaning.
1. Chang konteyneridan changni olib tashlash uchun [Dust Removal]
([Changni olib tashlash]) tugmasini "Open" ("Ochish") holatiga
burang.
- Changyutgich ishlab turgan (so'rayotgan) paytda ushbu maqsad
uchun [Dust Removal] ([Changni olib tashlash]) tugmasidan
foydalaning.
2. Ish bitgandan so'ng [Dust Removal] ([Changni olib tashlash])
tugmasini "Yopish" holatiga burab qo'ying.
- [Dust Removal] ([Changni olib tashlash]) tugmasi "Open" ("Ochish")
holatida turganda changyutgichning so'rish kuchi kamayadi.
UB-cho'tkani tozalash (Barabanni tozalash) (SC21F50U seriyasi)
Ko'pincha odam sochi va hayvonlar juni barabanga o'ralib qolib, uning aylanish kuchini kamaytiradi.
Buning oldini olish uchun barabanni doimiy tarzda tozalab turing.
1. Qopqoqni chiqarib olish uchun [Open Transparent Cover] ([Shaffof
qopqoqni ochish]) tugmasini itaring.
2. Baraban ustidan chang va soch singari chiqindilarni olib tashlash
uchun tirqish asbobidan foydalaning.
3. Ish bitgach, qopqoqni yopish uchun [Open Transparent Cover]
([Shaffof qopqoqni ochish]) tugmasini tashqariga qaratib itaring.