Инструкция по использованию(Windows 7)
ehtiyot choralari haqida ma'lumot _05
• Agar shaffof oyna singan va ultrabinafsha nurlar to'g'ridan-to'g'ri
tushayotgan bo'lsa, elektr quvvatini o'chiring va xizmat ko'rsatish
markaziga qo'ng'iroq qiling.
• UB-cho'tkadan matras, choyshab, karavot, divan yostiqlari va
materialdan yasalgan boshqa narsalarni sterillashdan o'zga
maqsadlarda foydalanmang. Kompaniya UB-cho'tkadan
yuqorida ro'yxatda keltirilganidan boshqa maqsadlarda
foydalanish oqibatida yuz bergan tasodiflar uchun javobgar
bo'lmaydi.
• UB-cho'tkaning ustiga o'tirmang yoki uni qo'ldan tushirib
yubormang hamda mahsulotga harakatlantiruvchi ta'sir
ko'rsatishdan qoching. Bunday qilmaslik jarohat yetkazishi yoki
mahsulot shikastlanishiga sabab bo'lishi mumkin.
• UB-cho'tkaning orqa tarafidagi elektr quvvati terminallariga
metall to'g'nog'ich yoki srerjenni tekkizmang. Bu tok urishi yoki
yong'inga sabab bo'lishi mumkin.
• UB chirog'i ishdan chiqsa, ushbu mahsulotni hech qachon
o'zboshimchalik bilan bo'laklamang yoki o'zgartirmang.
Uni almashtirish uchun ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko'rsatish
markaziga murojaat qiling.
• UB-cho'tka ichida elektr quvvati ajralib turishi sababli jihozdan
tez o't oluvchi aerozol yoki yonuvchi moddalar yonida
foydalanmang.
• UB-cho'tkadan uzoq vaqt foydalangandan so'ng oyna yuzasi
qizib ketishi mumkin va UB chirog'i oynasiga tegmaslikka harakat
qiling.
• UB-cho'tka UB chiroqlariga xos xususiyatlarga ko'ra, past
haroratda sekinlik bilan ishga tushishi mumkin. UB-cho'tkani
ichkarida saqlang.