Инструкция по использованию(Windows 7)

04_ ehtiyot choralari haqida ma'lumot
o'zidan ushlab tortib chiqaring.
Ushbu jihozdan yoshi 8 yoki undan katta bolalar, jismoniy,
hissiy yoki aqliy qobiliyati cheklangan va yoki bilimi va tajribasi
yetarli bo'lmagan shaxslar nazorat ostida bo'lgan yoki ularning
xavfsizligi uchun javobgar shaxs ushbu jihozdan xavfsiz
foydalanish va mavjud xavf-xatarlar to'g'risida ko'rsatma bergan
hollarda foydalanishi mumkin. Bolalar jihoz bilan o'ynashi mumkin
emas. Bolalar katta yoshlilar nazoratisiz changyutgichni tozalashi
va tuzatishi mumkin emas.
Bolalar jihoz bilan o'ynamasligini ta'minlash uchun nazorat ostida
bo'lishi kerak.
Jihozni tozalash yoki u yoq-bu yog'ini tuzatish oldidan vilkasi
rozetkadan sug'urib olinishi kerak.
Uzaytirish kabelidan foydalanish tavsiya etilmaydi.
Agar changyutgichingiz to'g'ri ishlamayotgan bo'lsa, uni elektr
ta'minotidan uzing va vakolatli xizmat ko'rsatish xodimi bilan
maslahatlashing.
Agar elektr quvvati kabeli shikastlangan bo'lsa, xavfni bartaraf
qilish uchun uni ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko'rsatish xodimi
va yoki malakali mutaxassis almashtirishi kerak.
Changyutgichni shlangidan ushlab ko'tarib yurmang.
Changyutgich majmui ustidagi dastadan foydalaning.
Changyutgichdan foydalanilmayotgan paytda elektr tarmog'idan
uzib qo'ying.
Elektr tarmog'idan uzishdan oldin changyutgichni o'chiring.
UB-CHO'TKA
UB-cho'tkadan chiqadigan ultrabinafsha nurlar teri va ko'zga
shikast yetkazishi mumkinligi sababli ularning teri yoki ko'zga
tushishiga yo'l qo'ymang va bolalar bilan keksa kishilarning
UB-cho'tkadan foydalanishiga yo'l bermang. U ko'zingizni
shikastlashi mumkin.
ehtiyot choralari haqida ma'lumot