User manual

YIG’ISH VA TAYYORLASH
Stol ustiga o’rnatish
1 Televizorni ko’taring va stolning ustida vertikal
holatga keltirgan holda qo’ying.
- Yetarlicha havo aylanib turishi uchun devor
bilan televizor orasida (eng kamida) 10 sm
masofa qoldiring.
10 sm
10 sm
10 sm
10 sm
10 cm
10 cm
10 cm
10 cm
5 sm
10 sm
2 Quvvat manbaiga ulash shnurini rozetkaga
ulang.
EHTIYOT BO’LING
Televizorni issiqlik manbalari yaqini yoki ustiga
joylashtirmang, chunki bu yong’in yoki boshqa
ko’ngilsiz hodisalarni keltirib chiqarishi mumkin.
Televizorni devorga mahkamlash
(Ushbu xususiyat barcha modellarda ham mavjud
emas.)
Stol turidagi tayanchdan xavfsiz tarzda foydalanish
uchun uni devorga yaxshilab mahkamlang.
1 Teshikli boltlar yoki devorga mahkamlanadigan
tayanch va boltlarni televizorning orqa paneliga
kiriting va tortib mahkamlang.
- Agar teshikli boltlar o’rnatiladigan joylarda
boltlar bo’lsa, avval ularni olib tashlang.
2 Devorga mahkamlanadigan tayanchni boltlar
yordamida devorga o’rnating.
Devorga mahkamlanadigan tayanchni va
televizorning orqa panelidagi teshikli boltlarning
joylashuv o’rinlarini moslashtiring.
3 Teshikli boltlar va devorga mahkamlanadigan
tayanchlarni mustahkam bog’lagich bilan
mahkam tortib ulang.
Bog’lagich tekis sirtda gorizontal holatda
bo’lishiga ishonch hosil qiling.
EHTIYOT BO’LING
Bolalarning televizor ustiga tirmashib
chiqmasliklari yoki osilmasliklariga ishonch
hosil qiling.
ESLATMA
Televizorni ishonchli tarzda ushlab turish
uchun yetarli darajada mustahkam va katta
bo’lgan platforma yoki shkafdan foydalaning.
Tayanch moslamalar, boltlar va bog’lagichlar
to’plam ichida yetkazib berilmaydi. Qo’shimcha
qurilmalar uchun mahalliy dileringizga murojaat
qiling.
19
ENG
O’ZBEKCHA